Freym va to‘lov sahifasini o‘z saytingiz uslubiga muvofiq tarzda sozlab oling.
O’z saytingiz bo’lmagan taqdirda ham onlayn-to‘lovlarni qabul qiling.
Hisob varaqalarini yaratish hizmati to’lovni shakllantirib, sms-xabar, telegram yoki e-mail orqali xaridorga jo‘natish imkonini beradi. Mijoz havola bo‘yicha o‘tadi, hamda to‘lovni UzCard/HUMO bank kartasi vositasida osonlik bilan amalga oshiradi. Siz esa, o‘z navbatida, to‘lovlarning holatini qulay shaxsiy kabinetda kuzatib borishingiz mumkin.
Karta hisobidagi pul miqdorini “muzlatish” bu – pul mablag‘larini xaridor kartasida rezerv holatida saqlash imkonini beruvchi instrument hisoblanib, u mablag‘larni faqatgina xaridorning o‘zi tasdiqlaganidan so‘ng yechib olishga imkon beradi. Masalan, omborda mol-tovar qolmagan bo‘lsa, ushbu funksiya tranzaksiyani, pul mablag‘larini ortga qaytarilishini buxgalteriya tomonidan rasmiylashtirish zaruratisiz, amalga oshirish imkoniyatini beradi. So‘ngra mablag‘lar avtomat tarzda “muzlatilgan” statusidan yechiladi hamda pullar karta egasining ixtiyoriga qaytariladi.
Agarda biznesingiz mijozlardan davriy to‘lovlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda rekkurent to‘lovlar funksiyasi aynan Siz uchundir. O‘z mijozlaringizga to‘lovning davriyligi, sanasi va miqdori aks etgan avto- to‘lovlarni sozlang.
Kattaroq va murakkabroq bo‘lgan loyihalarga to‘lov shlyuzini integratsiya qilishda biz shaffof va xavfsiz API taqdim etamiz. API bo‘yicha integratsiya foydalanuvchilaringizga qulay bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga yo`l ochadi. Yanada ko‘proq foydali funksiyalar taqdim etish maqsadida, biz doimiy tarzda API interfeyslarini takomillashtirib boramiz.
Bizning menedjerlar qulay tarif va tizimga ulanish bo’yicha yordam beradilar